Zoirov Shaxobiddin

187

Tug‘ilgan sana: 1993 Mart 3
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Zoirov Shahobiddin Shokirovich — 1993 yilning 3 mart kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tavallud topgan. 2011 yili Buxoro olimpiya zahiralari kollejini tamomlagan. 2012 yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibi bo‘lgan.

Shahobiddin Zoirov Xitoyning Kuinan shahrida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan Osiyo va Okeaniya qo‘shma litsenzion chempionatida “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Zoirov Shahobiddin 2014 yil Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi, Osiyo vitse-prezidenti hamda Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari bronza medali sovrindori Misha Aloyanni mag‘lubiyatga uchratgan. Bronza medallirini Venesuelalik Segundo Finol hamda xitoylik Xu Djianguan qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov 52 kg gacha vazn bilan Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal bilan taqdirlandi. Final bosqichida rossiyalik Mixail Aloyan bilan jangga kirishib, 3:0 hisobda g‘olib bo‘ldi.