MAKTAB HAQIDA

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Nurota tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi to‘g‘risida

MA’LUMOT

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi 2-TIP Nurota tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston Respublikasijismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiyava sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tomonidan . 2013 yilda qurilnb, topshirilgan.

Bolalar –o‘smirlar sport maktabida 19×42 hajmdagi sport zal mavjud. BO‘SM ning bir kunlik sig‘imlilik quvvati 512 ..BO‘SMda 390 nafar o‘quvchi shug‘ullanib kelmoqda Shundan 62 nafarini qizlar tashkil qiladi.

BO‘SM tasarrufida 5ta sport inshooti mavjud bo‘lib, bular:

Yangiobod MFY da joylashgan Temirqovuq sport majmuasi,

Qizilcha MFY da joylashgan Qizilcha moslashtirilgansport majmuasi

Marmarobod MFY da joylashgan 5-TIP G‘ozg‘on sport mjmuasi

BO‘SM tasarrufidagi moslashtirilgan sport inshooti.

Nurota shahridagi Mustaqillik MFY da joylashgan “Yoshlik “ suzish havzasidan iborat.

Yangiobod MFY da joylashgan Temirqovuq sport majmuasi 2013 yilda qurib topshirilgan bo‘lib,bir kunlik sig‘imi 120. Majmuada “Dzyu-do”, “Stol tennisi”, “Badiiy gimnastika “ sport turlari bo‘yicha jami 116 nafar o‘quvchi shug‘ullanib kelmoqda.Shundan 66 nafarini qizlar tashkil qiladi.

Qizilcha MFY da joylashgan Qizilcha moslashtirilgansport majmuasi 2010 yilda topshirilgan bo‘lib ,bir kunlik sig‘imi 120 .Majmuada “Stol tennisi”, “Yengil atletika”, “Badiiy gimnastika” “Kurash” sport turlari bo‘yicha 144 nafar o‘quvchi shug‘ullanib kelmoqda..Shundan 71 nafarini qizlar tashkil qiladi.

MarmarobodMFY da joylashgan 5-TIPG‘ozg‘on sport majmuasi 2003 yilda qurib topshirilgan bo‘lib, bir kunlik sig‘imi 120. Majmuada “Badiiy gimnastika”, Dzyu-do”, “Kurash”, “Voleybol” sport turlari bo‘yicha 104 nafar o‘quvchi shug‘ullb kelmoqda. Shundan 40 nafarini qizlar tashkil qiladi.

BO‘SM tasarrufidagi moslashtirilgan sportinshooti2013 yilda qurib topshirilgan bo‘lib, sig‘imlilik quvvati 120. Majmuada sportning “Boks”, “Belbog‘li kurash”, “Futbol”, “Kurash”, sport turlari bo‘yicha 148 nafar o‘quvchi shug‘ulanib kelmoqda.

Nurota shahridagi Mustaqillik MFY da joylashgan “Yoshlik “ suzish havzasi 2018 yilda qurib topshirilgan bo‘lib,bir kunlik sig‘imlilik quvvati 120. Suzish majmuasida 64 nafar o‘quvchi shug‘ullanib kelmoqda.